31/07/2025

2025- yilning avgust oyida viloyatimizning barcha hududlarida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

31-iyul kuni viloyat statistika boshqarmasida ushbu kuzatuvni tashkil etishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari X.Egamov, U.Bardiyev, Investitsiya va qurilish boʻlimi boshligʻi B.Tillayev va tuman (shahar) statistika boʻlimlarining mazkur kuzatuvni oʻtkazishga masʻul boʻlgan xodimlari (onlayn) ishtirok etishdi.

Seminar davomida yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama kuzatuvlarini tashkil etishda yaxshi natijalarga erishgan hududlar eʻtirof etilib, barcha xodimlarga kuzatuvlarni sifatli va oʻz vaqtida oʻtkazish hamda ish jarayonida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tushuntirish va yoʻl-yoʻriqlar berildi.

 

 Axborot xizmati