30/07/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 194,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 1,9 mln dona mobil telefon import qilingan.

 

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 64,7 ming dona yoki 3,6 % ga oshgan.

 

Oʻzbekistonga 2025-yilning 6 oyida eng koʻp mobil telefon yetkazib bergan davlatlar:

Xitoy – 1 420,7 ming dona

Vyetnam – 375,1 ming dona

BAA – 64,2 ming dona

Hindiston – 16,4 ming dona

Boshqa davlatlar – 1,1 ming dona

 

 Matbuot xizmati