Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 431,7 ming tonna donli ekinlar yetishtirildi.
2024-yilning yanvar-iyuniga nisbatan oʻsish surʼati 107,7 % ni tashkil qildi.
Hosil umumiy hajmining 74,2 % i fermer xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri keldi.
Hududlar kesimida eng koʻp donli ekinlar viloyatning Shovot (51,3 ming tonna), Xonqa (50,2 ming tonna), Urganch (47,8 ming tonna) va Gurlan (47,5 ming tonna) tumanlarida yetishtirildi.
Axborot xizmati