2025-yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning umumiy hajmi 6 339,8 mlrd soʻmni tashkil qilgan.
2025-yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning umumiy hajmi 6 339,8 mlrd soʻmni tashkil qilgan.
Bu koʻrsatkich kiritilgan jami investitsiyalarning 65,8 % ulushini tashkil etadi.
Xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibida:
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar – 2 610,9 mlrd soʻmni
Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 611,2 mlrd soʻmni
kafolatlanmagan xorijiy investitsiya va kreditlar – 3 117,7 mlrd soʻmni tashkil qilgan.
Axborot xizmati