21/07/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 1-iyul holatiga Oʻzbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 16 685 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.  

Ulardan 4 124 tasi qoʻshma va 12 561 tasi xorijiy korxonalardir.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 20,2 foizga oshgan.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni davlatlar kesimida quyidagicha:

 Xitoy – 4 192 ta

Rossiya – 3 098 ta

Turkiya – 2 007 ta

Qozogʻiston – 1 157 ta

Janubiy Koreya – 687 ta

Afgʻoniston – 680 ta

BAA – 374 ta

Hindiston – 333 ta

AQSH – 321 ta.

 

 

Matbuot xizmati