Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-may oylarida jami 2,7 mln nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 574,1 ming nafarga yoki 26,4 % ga oshgan.
Joriy yilning dastlabki 5 oyida chet elga safar qilgan Oʻzbekiston fuqarolari soni mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:
Qirgʻiz Respublikasi – 1 189 793 nafar
Tojikiston – 501 657 nafar
Qozogʻiston – 468 208 nafar
Saudiya Arabistoni – 145 262 nafar
Rossiya – 124 829 nafar
Turkiya – 88 648 nafar
BAA – 71 352 nafar
Misr – 30 479 nafar
Tailand – 16 555 nafar
Vyetnam – 15 802 nafar
Boshqa davlatlar – 93 253 nafar.
Matbuot xizmati