15/07/2025

2025- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizga xorijiy davlatlardan qiymati 9,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar import qilindi.

Import hajmi 2024-yilning shu davriga nisbatan 26,3 % ga oshdi.

Mahsulot importi tarkibida eng yuqori hajm birlamchi shakldagi plastmassalar (5,6 mln dollar), kimyoviy material va mahsulotlar (1,1 mln dollar), organik kimyo moddalari (0,8 mln dollar) hissasiga toʻgʻri kelgan.

 

 

Axborot xizmati