14/07/2025

2025- yilning yanvar-may oylarida Yangibozor tumani xorijiy davlatlarga qiymati 15,8 mln AQSH dollarilik tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirdi.

Bu  koʻrsatkich viloyat eksport umumiy hajmining 10,4 % ulushini tashkil qildi.

 

Eksport hajmi oʻtgan yilning yanvar-may oylariga nisbatan 10,0 % ga oʻsdi.

Tuman eksportida  salmoqli hajmga ega tovarlar:

 

oziq-ovqat mahsulotlari – 14,1 mln dollar

turli xil tayyor buyumlar – 1,4 mln dollar

sanoat tovarlari – 0,3 mln dollar.

 

 

Axborot xizmati