08/07/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkazilgan uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, Oʻzbekistonda 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan televizorlar oʻrtacha soni 178 tani tashkil etdi.

100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan televizorlar soni yillar kesimida (dona):

 

2000-yil – 88 ta

2005-yil – 109 ta

2010-yil – 132 ta

2015-yil – 152 ta

2020-yil – 162 ta

2025-yil (yanvar-iyun) – 178 ta.

 

 

Matbuot xizmati