07/07/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-may oylarida sogʻliqni saqlash sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7,4 trln soʻmni tashkil etgan.

Sogʻliqni saqlash sohasida xizmatlarning 51,8 % i sogʻliqni saqlash sohasidagi boshqa xizmatlarga, 31,7 % i shifoxona muassasalari xizmatlariga hamda 16,5 % i esa tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

 

  Matbuot xizmati