2025- yilning yanvar-may oylarida Xiva tumanida 273,3 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 25,1 % oʻsish kuzatildi.
Viloyatda bajarilgan qurilish ishlari hajmida tumanning ulushi 7,9 % ni tashkil qildi.
Bajarilgan qurilish ishlarining faoliyat turlari kesimidagi tarkibida:
bino va inshootlar qurilishi – 179,7 mlrd soʻmni
fuqarolik obyektlari qurilish ishlari – 88,3 mlrd soʻmni
ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 5,3 mlrd soʻmni tashkil qildi.
Axborot xizmati