07/07/2025

Joriy yilning yanvar-may oylarida Urganch tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 739,7 mlrd soʻmni tashkil etdi va 2024-yilning tegishli davriga nisbatan 8,7 % ga oshdi.

Viloyat chakana savdo hajmida tumanning ulushi 11,9 % ni tashkl etdi.

Aholi jon boshiga savdo hajmi oʻrtacha 3,4 mln soʻmga toʻgʻri keldi.

Maʼlumot uchun: 2024-yilning yanvar-may oylarida Urganch tumanining chakana savdo tovar aylanmasi 647,9 mlrd soʻmni, aholi jon boshiga oʻrtacha hajmi 3,0 mln soʻmni tashkil qilgan.

Axborot xizmati