03/07/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 325,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 18 387 dona yengil avtomobil import qilingan. Ulardan 9 789 tasi elektromobillardir.

Oʻzbekistonga 2025-yilning 5 oyida eng koʻp yengil avtomobil yetkazib bergan davlatlar:

  • Xitoy – 15 873 ta
  • Koreya Respublikasi – 1 882 ta
  • Hindiston – 168 ta
  • Yaponiya – 122 ta
  • AQSH – 82 ta
  • Boshqa davlatlar – 260 ta.

 

Matbuot xizmati