03/07/2025

2025- yilning yanvar-may oylarida Xiva tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 9,7 mln AQSH dollarini tashkil qildi.

Tashqi savdoning  74,2 % ulushi tovar va xizmatlar eksporti hissasiga toʻgʻri keldi.

Koʻrilayotgan davrda tuman xorijga qiymati  7,2 mln dollariga teng boʻlgan mahsulot eksportini amalga oshirgan boʻlib, shundan 84,7 %ini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etdi.

Shuningdek, xorijga  0,8 mln dollarlik sanoat tovarlari hamda 0,4 mln dollarlik nooziq-ovqat xom ashyosi eksporti amalga oshirildi.

 

Axborot xizmati