01/07/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning iyun oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha 0,2 % ga arzonlashgan.Yillik isteʼmol narxlari indeksi (INI) 108,7 % ni tashkil etib, oʻtgan yilning shu oyiga (2024-yil iyun — 110,6 %) nisbatan 1,9 foiz bandga pasaydi.Iyun oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 1,1 % ga pasaygan, nooziq-ovqat tovarlari 0,2 % ga oshgan, aholiga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,8 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalarida 170 mingga yaqin narxlar qayd etilgan.

420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

 

 

Matbuot xizmati