Joriy yilning 30- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda ishtirokchilar “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda ushbu Qonun hamda “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professonal natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi (2025-yil 19-iyunda qabul qilingan) Prezident Farmonining mazmuni bilan tanishtirildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov yuqoridagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida 2026-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish amaliyotiga kiritilayotgan yangiliklar xususida batafsil axborot berdi.
Axborot xizmati