Joriy yilning 5 oyida Xiva shahrida faoliyat yuritayotgan 240 ta sanoat korxonasi tomonidan umumiy hajmi 182,8 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.
2024-yilning yanvar-may oylari bilan solishtirilganda, ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 105,4 % ni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishi oʻrtacha 1 824,1 ming soʻmga toʻgʻri keldi.
Hudud sanoatida toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish salmoqli hajmga ega boʻldi va oʻtgan yilning 5 oyiga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 17,7 % ga oshib, hajmi 105,9 mlrd soʻmga yetdi.
Axborot xizmati