27/06/2025

2025-yilning yanvar-may oylarida Xonqa tumanida umumiy hajmi 633,1 mlrd soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Oʻtgan yilning yanvar-may oylari bilan solishtirilganda, ishlab chiqarishning fizik  hajm indeksi 108,2 % ni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishi oʻrtacha 3 129,6 ming soʻmga toʻgʻri kelgan.

Hudud sanoatida yuqori hajmga ega faoliyat turlari:

toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish - 364,4 mlrd soʻm

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish - 210,4 mlrd soʻm

boshqa nometall buyumlar ishlab chiqarish - 10,1 mlrd soʻm.

 

Axborot xizmati