2025- yilning 27- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.
Tadbirda voshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov Oʻzbekiston Respublikasi Asosiy Qonunining mazmun va mohiyati, undagi oʻzgarishlar xususida maʻlumot berdi.
Shuningdek, yigʻilishda “Ijodkor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasining 329-sonli 2025- yil 27-mayda qabul qilingan qarori va undagi yangiliklar yuzasidan ham tushuntirish berildi.
Axborot xizmati