Joriy yilning 26-iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha koʻnikma va bilimlarini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Unda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi masʼul xodimi T.Shamakov ishtirok etdi.
Uchrashuvda korrupsiyaning jamiyat hayoti uchun katta xavf-xatarga aylanib borayotganligi tezkor axborot maʼlumotlari asosida yana bir karra tushuntirildi.
Shu bilan bir qatorda davlat idoralari faoliyatida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha qilinishi lozim boʻlgan ishlar yuzasida alohida tushuntirishlar berildi.
Seminar soʻnggida mavzuga doir savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Axborot xizmati