2025- yilning yanvar-may oyida viloyatimizning import hajmi 166,3 mln AQSH dollariga yetdi.
Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (32,2 %) hissasiga toʻgʻri keldi.
Koʻrilayotgan davrda xorijdan qiymati 53,6 mln dollarlik shu turdagi mahsulot import qilinib, 2024-yilning yanvar-may oylariga nisbatan oʻsish surʼati 82,0 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati