2025-yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda hajmi 2 250,7 mlrd soʻmlik bino va inshootlar qurilishi ishlari bajarilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan hajm 13,7 % ga oshgan.
Korxona turlari kesimiga koʻra eng koʻp bino va inshootlar qurilishi ishlari norasmiy sektor hissasiga toʻgʻri kelgan va 1 388,3 mlrd soʻmni (61,7 % ulushni) tashkil qilgan.
Shuningdek yirik korxonalar tomonidan 159,5 mlrd soʻmlik, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 943,6 mlrd soʻmlik shu turdagi qurilish ishlari amalga oshirilgan.
Axborot xizmati