Xorazm viloyatining barcha hududlarida savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini oʻrganish boʻyicha 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvi oʻtkazila boshlandi.
2025- yilning 20-21- iyun kunlari viloyatning bir qator shahar va tumanlaridagi dehqon bozorlari va savdo komplekslarida tashkil etilgan mazkur kuzatuvlarda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir kunlik sotilgan tovarlari miqdori va kunlik savdo tushumlariga oid maʻlumotlar planshetlarga qayd etib borildi.
Suratlarda: Urganch shahri, Bogʻot, Qoʻshkoʻpir, Tuproqqalʼa tumanlarida oʻtkazilgan kuzatuv jarayonlari.
Axborot xizmati