Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2025-yilning 1-iyun holatiga 16 405 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.
Ularning 4 087 tasi qoʻshma va 12 318 tasi xorijiy korxonalardir.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 14,3 foizga oshgan.