23/06/2025

Joriy yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining aholi jon boshiga oʻrtacha hajmi 6 097,0 ming soʻmni tashkil etdi. 2024-yilning tegishli davri bilan solishtirilganda, oʻsish surʼati 107,5 % darajada qayd etildi.

Hududlar kesimida aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishining eng yuqori hajm koʻrsatkichi Tuproqqalʻa tumanida (93 974,8 ming soʻm), Urganch shahrida (11 570,5 ming soʻm) kuzatildi.

 

Axborot xizmati