2025- yilning 20- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan ceminar boʻlib oʻtdi.
Tadbirda asosiy mavzu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-maydagi “Mebel va yogʻochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PQ- 193 sonli Qarori targʻibotiga bagʻishlandi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ushbu qarorning mazmun va mohiyati, undagi oʻzgarishlar xususida maʻlumot berdi.
Shuningdek, seminarda sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va ularning ijrosi muhokama etildi.
Axborot xizmati