19/06/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida yalpi ichki mahsulot (YAIM) tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 56,1 % ni tashkil etgan.

Ushbu tarmoq YAIM oʻsishiga 3,8 f.p. hissa qoʻshgan.

2024-yilning mos davrida bu koʻrsatkich 3,9 f.p.ni tashkil qilgan.


YAIM oʻsishida xizmatlar sohasining hissasi yillar kesismida (yanvar-mart):

2023-yil – 3,6 %

2024-yil – 3,9 %

2025-yil – 3,8 %

 

 

Matbuot xizmati