16/06/2025

2025- yilning 16-iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi hamda Urganch Ranch texnologiyalar universiteti hamkorligida bitiruvchi talabalar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Statistika idoralarida ishlash jozibadorligini oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari orasida targʻib qilishga yoʻnaltirilgan tadbirda ishtirokchilarga boʻsh (vakant) ish oʻrinlari va statistika tizimida davlat fuqarolik xizmatchilariga yaratilayotgan qulayliklar hamda imkoniyatlar xususida batafsil maʼlumot berildi. 



Davra suhbati davomida statistika idoralariga ishga kirish tartibi, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining ochiq portali vacancy.argos.uz orqali amalga oshirilgan ishlar va ushbu portaldan foydalanish tartibi, shuningdek, ochiq mustaqil tanlovlar tashkil etilishining huquqiy asoslari, mexanizmlari va bosqichlari, eʼtibor qaratish lozim boʻlgan asosiy jihatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim qilindi.

Talabalarning mavzuga doir savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.



Axborot xizmati