Joriy yilning 13- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda ishtirokchilarga “Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VM-317- sonli Qarori xususida maʻlumot berildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ushbu qarorga asosan tashkil etilayotgan Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini shakllantirish mexanizmlari boʻyicha tushuncha berib oʻtdi.
Axborot xizmati