12/06/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 213,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 12 071 dona yengil avtomobil import qilingan.

Oʻzbekistonga 2025-yilning dastlabki 4 oyida eng koʻp yengil avtomobil import qilgan davlatlar:

Xitoy – 9 904 dona

Koreya – 1 714 dona

Hindiston – 168 dona

Yaponiya – 97 dona

AQSH - 41 dona

Boshqa davlatlar – 147 dona.

Matbuot xizmati