2025- yilning yanvar-aprel oylarida Qoʻshkoʻpir tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 225,4 mlrd soʻmni tashkil etdi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 8,3 % ga oʻsdi.
Viloyat umumiy savdo hajmida tumanning ulushi 4,7 % ni tashkil etdi.
Savdo umumiy hajmida:
yirik korxonalar – 1,3 mlrd soʻm
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari – 143,4 mlrd soʻm
uyushmagan savdo – 80,7 mlrd soʻmlik hajmga ega boʻlgan.
Maʼlumot oʻrnida: 2024-yilning yanvar-aprel oylarida tumanda chakana savdo tovar aylanmasi 192,8 mlrd soʻmni tashkil qilgan.
Axborot xizmati