03/06/2025

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida  viloyatimizdan xorijiy davlatlarga qiymati 121,4 mln AQSH dollarilik tovar va xizmatlar eksport qilindi.

2024-yilning shu davriga nisbatan eksport hajmi 2,4 % ga koʻpaydi.

Eksportning 29,7 %i MDH davlatlari, 70,3 %i boshqa xorijiy davlatlar hissasiga toʻgʻri keldi.

Koʻrilayotgan davrda viloyat eksportining asosiy qismini oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (62,2 %), sanoat tovarlari (23,5 %) va turli xil tayyor buyumlar (4,6 %) tashkil etdi.

 

Axborot xizmati