2025- yil yanvar- aprel oylarida Hazorasp tumanida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 145,3 mlrd soʻmni tashkil qilgan.
Oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,3 % oʻsish kuzatilgan.
Qurilish ishlarining 72,1 mlrd soʻmi (jami hajmning 49,6 % ulushi) kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga toʻgʻri kelgan.
Taqqoslash uchun: 2024-yilning yanvar-aprel oylarida tumanda 121,0 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan boʻlib, oʻsish 7,8 % ni tashkil etgan.
Axborot xizmati