2025- yil 1-may holatiga viloyatimizda sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar boʻyicha 671 ta kichik biznes subyekti roʻyxatdan oʻtgan.
Shundan 520 tasi (77,5 %) faoliyat yuritgan.
Hududlar kesimida ushbu sohada eng koʻp kichik biznes subyekti Urganch shahri (170 ta), Xonqa (42 ta), Gurlan (40 ta), Urganch (40 ta) hamda Hazorasp tumanlarida (39 ta) faoliyat koʻrsatgan.
Joriy yilning yanvar- aprel oylarida viloyat boʻyicha sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar boʻyicha 28 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etilgan.
Axborot xizmati