2025-yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizda suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 71,1 mlrd soʻmni, fizik hajm indeksi 104,7 % ni tashkil etgan.
Shuningdek tahlillar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan:
tabiiy suv, suvga ishlov berish va suv bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlar - 29,9 %,
oqova suvlarni yoʻqotish, transportirovka qilish va ishlov berish boʻyicha xizmatlar - 10,3 %,
xavfsiz chiqindilarni yigʻish boʻyicha xizmatlar - 142,4 % ga oshganligini koʻrsatmoqda.
Axborot xizmati