30/05/2025

2025- yilning yanvar-aprel oylarida Hazorasp tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 471,8 mlrd soʻmni, viloyat umumiy hajmidagi ulushi 10,0 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan savdo hajmi 8,2 % ga oshgan.

Savdo umumiy hajmining 73,4 %i yoki 346,4 mlrd soʻmi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

 

Taqqoslash uchun: 2024- yilning yanvar-aprel oylarida tumanda chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 409,0 mlrd soʻmni tashkil etgan.

 

Axborot xizmati