2025- yilning 30-may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, tizimda korrupsiya bilan bogʻliq holatlarning oldini olish va bu yoʻnalishda mavjud qonunchilik normalaridan xabardor qilishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.
Xususan, seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-240 sonil Prezident Qarorining mohiyatini batafsil tushuntirib oʻtdi.
Shuningdek, “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartiblarni bajarish haqida soʻz yuritildi.
Seminar soʻnggida may oyida qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Axborot xizmati