2025- yil yanvar-aprel oylarida Xorazm viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 121,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan tovar (xizmatlar) eksportini amalga oshirdi.
Oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, eksport hajmi 2,4 % ga oʻsdi.
Eksport tarkibida tovarlar ulushi 93,5 % ni tashkil etib, asosiy ulush oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (62,2 %), sanoat tovarlari (23,5 %) va turli xil tayyor buyumlar (4,6 %) hissasiga toʻgʻri keldi.
Axborot xizmati