Statistika idoralarining keng jamoatchilik bilan mustahkam aloqa oʻrnatishdan asosiy maqsadlardan biri eng avvalo sohadagi yangiliklardan ularni oʻz vaqtida va toʻlaqonli xabardor etib borishdan iboratdir.
Shu boisdan idora va tashkilotlar hamda mahalla fuqarolar yigʻinlarida har haftada huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazib borilmoqda.
2025- yilning 16-may kuni Urganch shahridagi “Gulchilar” mahallasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan “Mahallada targʻibot” tadbiri doirasida seminar tashkil etildi.
Seminarda 2025-yilning 24-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-27-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 75-sonli qarorining mazmun va mohiyati xususida suhbatlashildi.
Axborot xizmati