2025- yilning yanvar-mart oylarida Xiva tumanining xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 6,7 mln AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning tegishli davri bilan taqqoslaganda 37,8 % ga koʻpaygan.
Shundan:
eksport – 5,4 mln dollar (oʻsish 26,0 %)
import – 1,3 mln dollar (2,2-marta).
Xiva tumanining MDH davlatlari bilan tashqi savdo hajmi 1,1 mln dollarni tashkil etgan boʻlsa, 5,6 mln dollari boshqa xorijiy davlatlar hissasiga toʻgʻri kelgan.
Axborot xizmati