15/05/2025

2025- yilning yanvar-mart oylarida Bogʻot tumanida  229,7  mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda oʻsish surʻati 110,5 % ni tashkil qilgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga koʻra eng yuqori hajm transport xizmatlari hissasiga toʻgʻri kelgan va 71,4 mlrd soʻmni yoki 31,1 % ni tashkil etgan.

Shuningdek, yuqori hajmga savdo (49,7 mlrd soʻm), moliyaviy (31,1 mlrd soʻm), kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash (20,1 mlrd soʻm) xizmatlari ega boʻlgan.

 

Axborot xizmati