Shovot tumanida joriy yilning yanvar-mart oylarida qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish hajmi 2024-yilning 1- choragiga nisbatan 6,0 % ga oshdi va 391,2 mlrd soʻmni tashkil qildi.
Bu koʻrsatkich viloyat boʻyicha eng yuqori oʻsish darajasi sifatida qayd etildi.
Tumanda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 26,8 %i (105,0 mlrd soʻmi) dehqonchilik, 73,2 %i (286,2 mlrd soʻmi) chorvachilik mahsulotlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Jami mahsulotning 90,1 %i dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida yetishtirilgan.
Axborot xizmati