Joriy yilning 1- aprel holatiga viloyatimizda 151 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritgan.
2024-yilning tegishli davriga nisbatan ularning soni 29 taga oshgan.
Iqtisodiy faoliyat turiga koʻra eng koʻp shu turdagi korxona savdo (42 ta) va sanoatda (36 ta) faoliyat yuritgan.
Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar:
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida – 14 tani
qurilishda – 13 tani
tashish va saqlash xizmatlarida -4 tani
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda – 8 tani
axborot va aloqa xizmatlarida - 9 tani
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda – 2 tani
boshqa sohalarda – 23 tani tashkil qilgan.
Axborot xizmati