06/05/2025

2025- yil yanvar-mart oylarida viloyatimizda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 1 933,5 mlrd soʻmni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 85,9 % ini tashkil etdi.

Oʻsish surʻati 2024- yil yanvar-mart oylariga nisbatan 105,4 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilish ishlari umumiy hajmidagi eng yuqori ulushi Hazorasp (98,6 %), Gurlan (98,4 %) va Yangiariq (98,2 %) tumanlariga toʻgʻri keldi.

 

Axborot xizmati