Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida jami 1,5 mln nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 256,5 ming nafarga yoki 20,3 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida chet elga borgan Oʻzbekiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:
qarindoshlarni yoʻqlash – 1 189 827 nafar
sayyohlik – 307 199 nafar
davolanish – 11 764 nafar
oʻqish – 7 437 nafar
xizmat yuzasidan – 3 320 nafar.
Matbuot xizmati