05/05/2025

Gurlan tumanida joriy yilning yanvar-mart oylarida hajmi 420,6 mlrd soʻmlik qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar mart oylari bilan solishtirilganda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 3,6 % ga oshgan.

Viloyat umumiy hajmida tumanning ulushi 9,9 % ni tashkil qilgan.

Ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibida dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 12,1 mlrd soʻmni, chorvachilik mahsulotlari hajmi 396,7 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati