05/05/2025

2025–yilning yanvar–mart oylarida Qoʻshkoʻpir tumanida asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 431,3 mlrd soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 60,7 % ga oshgan.

Jami investitsiyalarning 95,5 %i yoki 412,0 mlrd soʻmi markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan oʻzlashtirilgan.

Markazlashmagan investitsiyalarning tarkibida:

korxonalarning oʻz mablagʻlari – 49,9 mlrd soʻm

toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar – 311,5 mlrd soʻm

aholi mablagʻlari – 41,2 mlrd soʻm

bank kreditlari va boshqa qarz mablagʻlari – 9,5 mlrd soʻm.

 

 

Axborot xizmati