01/05/2025

2025- yil yanvar-mart oylarida Urganch shahrining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 697,8 mlrd soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 10,4 % ga oshgan.

Viloyat umumiy hajmidagi ulushi 22,7 % ni tashkil qilgan.

Aholi jon boshiga oʻrtacha chakana savdo hajmi 4 476,1 ming soʻmga teng boʻlgan va 2024- yilning mos davriga nisbatan 8,6 % ga oʻsgan.

 

Axborot xizmati