2025- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda 5 726 tonna sabzavot yetishtirilgan boʻlib, xoʻjalik toifalari orasida sabzavotlar yetishtirishning eng katta hajmi qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda qayd etildi va 4 565 tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 79,7 % ini tashkil etdi.
2024-yilning mos davriga nisbatan 3,4 % oʻsish qayd etildi.
Hisobot davrida sabzavot umumiy hajmining 237 tonnasi fermer xoʻjaliklarida, 924 tonnasi dehqon xoʻjaliklarida yetishtirilgan.
Axborot xizmati