2025- yilning 25- aprel kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirish boʻyicha navbatdagi seminar boʻlib oʻtdi.
Xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan seminarda ishtirokchilarga joriy yilning aprel oyida qabul qilingan 2 ta yangi me’yoriy hujjat, yaʼni Prezidentning “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-71- sonli Farmoni hamda “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari mustaqilligini taʼminlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-147-sonli qarori tanishtirildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ushbu normativ-huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyati va amaliyotga tadbiq etilishi bilan kiritilayotgan oʻzgarishlar yuzasidan batafsil tushuntirish berib oʻtdi.
Axborot xizmati